» » Xitoyda ofitsiantlar buyurtmani tezroq olib kelishni so‘ragan sayyohlarni do‘pposladi

Xitoyda ofitsiantlar buyurtmani tezroq olib kelishni so‘ragan sayyohlarni do‘pposladi


Xitoy oshxonalarining biridagi tushlik sakkiz sayyohdan iborat guruh uchun jarohatlar bilan yakunlanib, pichoqbozlikkacha yetib bordi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Yunnan viloyatidagi Liszyan shahrida joylashgan oshxonaga tanovul uchun kirgan sayyohlar ofitsiantlardan ular buyurtma qilgan soyali sutni tezroq olib kelishini so‘ragan.

Bunga javoban, oshxona xodimlari mehmonlarga po‘pisa qila boshlagan. Jabrlanuvchilarning aytishicha, po‘pisadan so‘ng sayyohlarga “ovqatingni ol-da, jo‘nab qol”, deyilgan.

Sayyohlar murojaatiga asosan voqea joyiga yetib kelgan politsiya xodimlari bir necha bor ikki tomonni yarashtirishga uringan. Shundan so‘ng voqea joyini tark etgan.

Politsiya ketgach, pichoq va tayoqlar bilan qurollangan ofitsiantlar mehmonlarga hujum qilgan. Xabar berishlaricha, hujum qilganlarning besh nafari politsiya tomonidan hibsga olingan.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (7-02-2017, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 89) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют