» » Chimkentda bukmekerlik idorasi xodimi 1,5 million tenge o‘g‘irlab, to‘nab ketilganlikni sahnalashtirdi

Chimkentda bukmekerlik idorasi xodimi 1,5 million tenge o‘g‘irlab, to‘nab ketilganlikni sahnalashtirdi


Janubiy Qozog‘iston viloyatidagi bukmekerlik idorasida qilingan hujum yolg‘ondan tashkillashtirilganligi aniqlandi. Bu haqda hudud ichki ishlar departamenti matbuot xizmati ma’lum qildi, deb yozadi Kazakhstan Today.

Politsiyaning ma’lum qilishicha, 2017-yilning 1-fevralida Sariog‘och tuman IIBga bukmekerlik idorasiga hujum uyushtirilganligi haqida xabar kelib tushdi. 23 yoshli xodim politsiyachilarga kechasi niqobli noma’lum shaxslar idoraga bostirib kirib, unga pichoq bilan tahdid qilganligi hamda kassadan 1,5 million tengeni olib ketganini so‘zlab berdi. Qizning so‘zlariga qaraganda, shundan keyin jinoyatchilar voqea joyidan qochib ketgan.

IIB xodimlari tezkor-qidiruv tadbirlari davomida idora xodimi o‘g‘rilik sodir etilganligi haqida yolg‘on ma’lumot berganligini aniqladi. Tergov gumonlanuvchi moddiy ahvolini yaxshilash maqsadida jinoyatni sahnalashtirganligini aniqladi. Qo‘lga olinuvchining uyi tintuv qilinib, o‘g‘irlangan pullar musodara etildi.

Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (6-02-2017, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 103) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют