» » Farg‘onaning Qizil Yulduz qishlog‘ida Damas’ni olib qochgan 19 yoshli yigit qo‘lga olindi

Farg‘onaning Qizil Yulduz qishlog‘ida Damas’ni olib qochgan 19 yoshli yigit qo‘lga olindi


Farg‘ona viloyatining Buvayda tumani Qizil Yulduz qishlog‘ida Damas avtomobili olib qochilgan. Bu haqda avtomobil egasi, Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida yashovchi, 1960-yilda tug‘ilgan fuqaro tuman IIBga ma’lum qilgan, deya xabar bermoqda O‘zbekiston IIV matbuot xizmati.

Voqea joyiga etib kelgan ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan aniqlanishicha, ariza muallifi avtomashinasini Qizil Yulduz qishlog‘i hududida qarovsiz qoldirganligi oqibatida olib qochib ketilganligi ma’lum bo‘lgan.

Tezkorlik bilan olib borilgan chora-tadbirlar natijasida avtomashinani olib qochganlikda gumonlanayotgan shaxs shu tumanda yashovchi 1998-yilda tug‘ilgan fuqaro bo‘lib chiqdi.

O‘zbekiston IIV matbuot xizmati axborotidan

Xabar berishlaricha, hozirda mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-02-2017, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют