» » Sergelidagi xonadondan 22 ming dollar o‘g‘irlab ketildi

Sergelidagi xonadondan 22 ming dollar o‘g‘irlab ketildi


Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi xonadonlardan birida o‘g‘rilik yuz bergan. Bu haqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, noma’lum shaxslar 1968-yilda tug‘ilgan uy bekasining xonadoniga kirib, uning yotoqxonasidan ichida 8,1 million so‘m pul, 22,1 ming dollar, hisobida 600 ming so‘m bo‘lgan plastik kartochka va turli qimmatbaho zargarlik buyumlari bo‘lgan temir seyfni o‘g‘irlab ketgan.

Shahar ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida yashovchi, ishlamaydigan, 1979-yilda va 1991-yilda tug‘ilgan shaxslar sodir etganliklari fosh etildi va ular qo‘lga olindi.

“Hozirda mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi vazirlik axborotida.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-02-2017, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют