» » Yunusobodda 1966-yilda tug‘ilgan ayol 21 yoshli ikki sherigi bilan uy o‘mardi

Yunusobodda 1966-yilda tug‘ilgan ayol 21 yoshli ikki sherigi bilan uy o‘mardi


Toshkent shahri Yunusobod tumanida noma’lum shaxslar G‘ishtqo‘rg‘on ko‘chasidagi xonadonga ochiq qolgan deraza orqali bostirib kirdi. Bu haqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining matbuot xizmati xabar bermoqda.

Talonchilar 1992-yilda tug‘ilgan uy bekasining yotoqxonasidagi shkafdan turli zargarlik buyumlari va Samsung mobil telefonini o‘g‘irlab ketgan.

Shahar ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni shu shaharda yashovchi ishlamaydigan shaxslar amalga oshirgani aniqlandi.

Ulardan ikki nafari 1996 va 1966-yilda tug‘ilgan ayollar, yana biri 1996-yilda tug‘ilgan yigit ekani fosh etilib, ular qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-02-2017, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 68) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют