» » Yangiyo‘lda Damas haydovchisi urib yuborgan 30 yoshli ayol vafot etdi

Yangiyo‘lda Damas haydovchisi urib yuborgan 30 yoshli ayol vafot etdi


Yangiyo‘lda Damas haydovchisi urib yuborgan 30 yoshli ayol vafot etdi. Bu haqda Toshkent viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 19-mart kuni soat 00:30 larda Yangiyo‘l shahrida yashovchi 1997-yilda tug‘ilgan S. Choriyev o‘z boshqaruvidagi Damas rusumli avtomashinani “Yangiyo‘l buyum bozori” chorrahasida boshqarib ketayotganida yo‘lni kesib o‘tmoqchi bo‘lgan piyoda, 1988-yilda tug‘ilgan Y. Vasilyevani urib yuborgan. Oqibatda piyoda Y. Vasilyeva olgan tan jarohatlaridan hodisa joyida vafot etgan.

Marhumaning 1 nafar farzandi borligi aytilmoqda.

Holat yuzasidan Yangiyo‘l shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2018, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 1) ( 97) ( 1)
Юзеры:
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...