» » Toshkentlik yigit 100 ming so‘m qarzni deb tanishiga pichoq bilan jarohat yetkazdi

Toshkentlik yigit 100 ming so‘m qarzni deb tanishiga pichoq bilan jarohat yetkazdi


Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida qarz oldi-berdi natijasida kelib chiqqan janjal noxush yakun topdi, deb xabar beradi Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati.

9-mart kuni soat 12:30 da 1995-yilda tug‘ilgan Sh.A va Toshkent shahar Sergeli tumanida yashovchi 1983-yilda tug‘ilgan R.B o‘rtasida janjal kelib chiqadi.

R.B 8 oydan beri 100 ming so‘m qarzini bermay kelayotgani uchun Sh.Ani urayotgan vaqtida, Sh.A o‘zini himoya qilish maqsadida oshxona pichog‘ini olib R.Bga urib tan jarohati yetkazgan.

Holat yuzasidan Yangiyo‘l tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2018, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 88) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют