» » Shavkat Mirziyoyev oktabrda Ozarbayjonga safar qilishi mumkin

Shavkat Mirziyoyev oktabrda Ozarbayjonga safar qilishi mumkin


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy tilli davlatlar hamkorligi kengashi (Turkiy kengash)ning 7-sammitida qatnashish uchun Bokuga boradi. Bu haqda Kengash bosh kotibining bayonotida aytilgan.

Xabar berishlaricha, Turkiy kengashning Boku sammiti 15-oktabrga belgilangan. O‘zbekiston Turkiy kengash sammitida ilk bor 2018-yil sentabrida qatnashgan edi. Qirg‘izistonning Cho‘lpon-ota shahrida o‘tgan sammitda Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlagan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Senati 14-sentabr kuni Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashini tuzish to‘g‘risidagi 2009-yil 3-oktabrda imzolangan Naxichevan bitimini ratifikatsiya qilish haqidagi qonunni ma’qullagan edi.

Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashi xalqaro hukumatlararo tashkilot bo‘lib, faoliyatining asosi turkiy tilli mamlakatlar o‘rtasida do‘stlik va qo‘shnichilikni mustahkamlash, hududda va jahonda tinchlikni saqlash, xavfsizlik va o‘zaro ishonchni mustahkamlashga qaratilgan.

Hozirda ushbu tuzilmaga Ozarbayjon, Turkiya, Qirg‘iziston va Qozog‘iston respublikalari a’zo hisoblanadi.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga davlat tashrifi bilan borishi rejalashtirilayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. Qayd etish joiz, O‘zbekiston Prezidenti 2019-yilda 30 dan ortiq xorijiy safarlarga chiqishi aytilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-09-2019, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют