» » Avtomobillar narxi oshadimi? UzAuto Motors izoh berdi

Avtomobillar narxi oshadimi? UzAuto Motors izoh berdi


General Motors Uzbekistan (hozirgi UzAuto Motors) kompaniyasi 2018-yil oxirida bir qator imtiyozlardan mahrum qilingan edi. Kompaniya avvalgi yillarda barcha turdagi soliq va majburiy to‘lovlardan ozod qilingan bo‘lsa, 2019-yildan boshlab faqat QQS to‘lovidan ozod qilindi, xolos. 1-oktabrdan boshlab kompaniya bu soliqni ham to‘lashni boshlaydi, deya eslatmoqda Spot.

Shu munosabat bilan ayrim dilerlik korxonalarining xodimlari xaridorlarni narxlar oshishi mumkinligi haqida ogohlantirishni boshlagan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, narxlar oshishi QQS bo‘yicha imtiyozning bekor qilinishi bilan bog‘lanmoqda, bu esa o‘z navbatida avtomobil tannarxining oshishiga va uning chakana narxiga ta’sir ko‘rsatadi.

UzAuto Motors’dan ma’lum qilishlaricha, kompaniya hozir amalda bo‘lgan narxlarni saqlab qolish uchun imkoni bor barcha choralarni ko‘radi.

“Sizdan avtomobil xaridi chog‘ida dilerlik korxonalari xodimlari tomonidan narxlar oshishi borasida berilayotgan boshqa ma’lumotlarga ishonmaslikni, barcha rasmiy ma’lumotlar faqat kompaniyaning rasmiy saytida e’lon qilinishi hamda avtomobillaringiz shartnomada belgilangan muddatlarda taqdim etilishini ma’lum qilamiz”, — deyiladi kompaniya axborotida.

Kompaniyaning qayd etishicha, 1-oktabrdan boshlab O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan yangi mashinalarni sotib olganlik uchun Respublika yo‘l jamg‘armasiga amalga oshiriladigan 3 foizlik yig‘im ishlab chiqaruvchining o‘zi tomonidan to‘lanadi (endi yangi mashina olganda Ichki ishlar organiga 3 foiz pul to‘lash shart emas). Shu bois 1-oktabrdan mashina narxlariga shu 3 foizlik yig‘im ham qo‘shiladi.

“UzAuto Motors 1-oktabrdan QQS to‘lovchisiga aylanadi va kompaniya tomonidan mazkur holat xaridorlarga ortiqcha sarf-harajat va noqulaylik keltirib chiqarmasligi uchun barcha sa’y-harakatlar amalga oshirildi hamda avtomobil narxlari, Respublika yo‘l jamg‘armasiga amalga oshiriladigan to‘lovni inobatga olmaganda, o‘zgarishsiz qoldirildi”, — deyiladi kompaniya xabarida.

Kompaniya ishlab chiqarayotgan alohida modellarning narxlari so‘nggi bor 2018-yili o‘rtacha 7,7 foizga oshirilgan edi. Nisbatan arzon va ommabop hisoblangan Spark, Nexia va Cobalt modellarining narxlari o‘zgarishsiz qoldirilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-09-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют