» » Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda “Megafon” Ucell sotib olingani haqidagi xabarlarni rad etdi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda “Megafon” Ucell sotib olingani haqidagi xabarlarni rad etdi


O‘zbekiston Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Daryo”ga Ucell aloqa operatorining yuz foiz davlat ulushiga egalik qilayotgani hamda aktivlar Rossiyaning “Megafon” kompaniyasiga sotilmaganini ma’lum qildi.

Ayni paytda kompaniyaning yuz foiz davlat ulushi qo‘limizda. Kompaniyani sotilgan-sotilmaganini tasdiqlab bera olmaymiz, – deydi agentlik vakili “Daryo” muxbiri bilan suhbatda.

“Gazeta.uz” nashri Rossiyaning “Megafon” aloqa operatori bilan bog‘lanib, Ucell’ni sotib olish bilan bog‘liq ma’lumotlarga aniqlik kiritdi. “Megafon” matbuot xizmati vakili Yuriy Nexaychik OAVda tarqalgan ma’lumotlarga raddiya bildirib, tarqalgan xabarlar haqiqatan yiroqda ekanlligini ma’lum qilgan.

Kompaniya bugunga kelib Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga tegishli bo‘lib, davlat korxonasi sifatida faoliyatini davom ettirmoqda, – deb ma’lum qilgan Yuriy Nexaychik.

Avvalroq, Alisher Usmonovga tegishli “Megafon” aloqa operatori Ucell’ni sotib olgani haqida xabar berilgandi.

Ma’lumot uchun, Ucell Coscom brendi ostida 1996-yilda tashkil etilgan bo‘lib, 2007-yilning iyul oyidan TeliaSonera Coscom kompaniyasining asosiy aksiyadoriga aylandi. 2008-yilning iyun oyida Coscom operatori Ucell brendi ostida faoliyat boshladi. Bugungi kunga kelib, kompaniya abonentlari soni 7,1 millionni tashkil qiladi. Ucell 1 yil muqaddam Telia’dan 215 million dollarga O‘zbekiston Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan sotib olingandi.

Mavzuga doir:

Ucell davlat kompaniyasiga aylandi

Alisher Usmonovning kompaniyasi Ucell’ni sotib olishi mumkin



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 124) ( 0) ( 123) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют