» » Isroil tarixidagi ilk takroriy saylovlarda Netanyaxuning partiyasi parlamentda yetarlicha o‘rinni qo‘lga kirita olmadi

Isroil tarixidagi ilk takroriy saylovlarda Netanyaxuning partiyasi parlamentda yetarlicha o‘rinni qo‘lga kirita olmadi


Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxuning “Likud” partiyasi parlamentda 31 tadan 33 tagacha o‘rinni, uning o‘ng-markazchilar bloki esa 57 tagacha o‘rinni band etishi mumkin. The Jerusalem Post tomonidan saylovchilar orasida o‘tkazilgan uchta so‘rov natijalari shuni ko‘rsatmoqda, deb xabar beradi Meduza.

Beni Gansning “Kahol-Lavan” partiyasi esa parlamentda 32 tadan 34 tagacha o‘rinni, uning so‘l-markazchilari esa 58 tagacha o‘rinni egallashi mumkinligi aytilmoqda.

Bashoratlarga ko‘ra, Netanyaxu ham, Gans ham Knessetda ko‘pchilikni tashkil eta olmaydi: g‘oliblik uchun 120 o‘rindan 61 tasi kerak.

Saylovlarning yakuniy natijalari bugun, 18-sentabr kuni e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Isroil tarixida birinchi bor muddatidan oldingi saylovlar bo‘lib o‘tadi. Saylovlar aprel oyida o‘tkazilgan ovoz berish jarayonlarida Netanyaxu hukumatni shakllantira olmaganidan so‘ng belgilangan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-09-2019, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 42) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют