» » “Agrobank” Germaniyaning “AKA” banki bilan o‘zaro hamkorlikka erishdi

“Agrobank” Germaniyaning “AKA” banki bilan o‘zaro hamkorlikka erishdi


“Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki xorijiy banklar va xalqaro moliya institutlarining tadbirkorlik uchun jozibador bo‘lgan kredit liniyalarini jalb qilish borasida qator ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

Xususan, kuni kecha “Agrobank” tomonidan  Germaniyaning  “AKA Ausfuhrkredit-Gesellschaft mbH” nemis banki konsortsiumi bilan texnologik uskunalarni moliyalashtirish bo‘yicha 25 million yevroga teng kredit liniyasini jalb qilish borasidagi kelishuvni imzolashga erishildi.

Mazkur kredit shartnomasi doirasida “AKA” banki “Agrobank” ATBga Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan tovarlar va xizmatlarni import qiluvchi tadbirkorlik subyektlarining loyihalarini moliyalashtirish uchun kreditlar taqdim etadi.

Germaniyaning “AKA” banki kredit liniyalari mablag‘lari bank mijozlariga asosiy ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, ularni yuqori texnologiyali uskunalar bilan ta’minlash imkonini beradi.

Bu esa o‘z navbatida ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, xarajatlarni kamaytirish, mahsulot sifatini yanada oshirish  va yangi ish o‘rinlarining yaratilishiga olib keladi.

Ma’lumot o‘rnida shuni aytish mumkinki, “AKA” bank (AKA Ausfuhrkredit-Gesellschaft mbH) 1952-yilda tashkil etilgan bo‘lib, 17 nafar Germaniya bankining yirik konsortsiumi hisoblanadi. Moliya muassasasi sindikatlilik asosida Yevropa mamlakatlari milliy eksport agentliklari ko‘magida Yevropa Ittifoqi eksportyor korxonalari, avtomobil va uskunalar ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan bitimlarni moliyalashtirish bilan shug‘ullanadi.

“Agrobank” matbuot xizmati

Sayt: www.agrobank.uz

Instagram

Telegram

Facebook

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-09-2019, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют