» » “Futbolchini ruhan sindirib qo‘yish kerak emas”. Aziz Haydarov muxlislik etikasi haqida gapirdi

“Futbolchini ruhan sindirib qo‘yish kerak emas”. Aziz Haydarov muxlislik etikasi haqida gapirdi


O‘zbekiston — Qatar (1:0) o‘yini yakuniga yetganidan so‘ng “Championat.asia” nashri milliy terma jamoaning yetakchi futbolchilaridan biri hisoblangan Aziz Haydarovdan kichik intervyu oldi. Unda futbolchi mundialda to‘p surish faqatgina muxlislarning emas, futbolchilarning ham orzusi ekanini qayd etgan.

Stadionga barchamiz xuddi final uchrashuvidek chiqdik. Yakunda ijobiy natijaga erishdik. Murabbiyimiz qantay taktika tanlagan bo‘lsa — xuddi shunday o‘ynadik. Afsuski, Suriya terma jamoasidan mag‘lub bo‘ldik.

Hayotda faqat oldinga intilib yashash kerak. Jahon chempionatida ishtirok etish nafaqat muxlislarning, balki murabbiy va futbolchilarning ham orzusi. Muxlislar biz bilan doim birga bo‘lishini istardim. Ularga birgina e’tirozim bor, futbolchi yaxshimi yoki yomon — maydondan chiqib ketayotganida uni olqishlar bilan kuzatib qo‘yish kerak. Bu — etika.

2-3 yildan so‘ng biz ham terma jamoa muxlisi bo‘lamiz. O‘rnimizni bosadigan yosh futbolchilar chiqib kelmoqda.

Aziz Haydarov, O‘zbekiston termasi a’zosi

Haydarovning fikricha, bugun mag‘lub bo‘lgan jamoa ertaga zafar quchadi. Futbolchini esa ruhan sindirib qo‘yish kerak emas.

Ma’lumot uchun, Aziz Haydarov Suriya va Qatar termalariga qarshi o‘yinlar statistikasiga ko‘ra raqib hujumini eng ko‘p marta yo‘qqa chiqargan futbolchi hisoblanadi.

Опубликовано: admin (30-03-2017, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют