» » BAA va Turkiyada o‘ynab kelgan futbolchilarning 16 nafarini Samvel Babayan milliy terma tarkibiga kiritmadi

BAA va Turkiyada o‘ynab kelgan futbolchilarning 16 nafarini Samvel Babayan milliy terma tarkibiga kiritmadi


O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan Suriya hamda Qatar termalariga qarshi maydonga tushishi mumkin bo‘lgan futbolchilar nomiga oydinlik kiritdi. Ular 23 nafar.

JCh—2018 saralashidan joy olgan mazkur ikki o‘yin uchun Samvel Babayan tayyorgarlikni ikki bosqichda olib borib, birinchisida BAAga, ikkinchisida esa Turkiyaga safar qilgandi.

Qayd etish kerak, Amirlik hamda Antaliya yig‘inlarida legioner futbolchilar ishtirok etmagan. Aniqlik kiritilishicha, murabbiy mana shu ikki yig‘inda ishtirok etgan jami 16 nafar futbolchini rasmiy o‘yinlarga taklif qilmadi. Ular bilan quyida tanishish mumkin:

Bobur Yo‘ldoshev — “Lokomotiv”
Ikrom Aliboyev — “Lokomotiv”
Sardor Mirzayev — “Lokomotiv”
Akrom Komilov — “Bunyodkor”
Doston Hamdamov — “Bunyodkor”
Rustam Ashurmatov — “Bunyodkor”
Shuhrat Muhammadiyev — “Lokomotiv”
Odil Hamrobekov — “Nasaf”
Aziz G‘aniyev — “Nasaf”
Eldor Suyunov — “Nasaf”
Aleksandr Merzlyakov — “Buxoro”
Azim Ahmedov — “Paxtakor”
Vladimir Kozak — “Paxtakor”
Javohir Sohibov — “Paxtakor”
Stanislav Andreyev — “Paxtakor”
Shohruz Norxonov — “Obod”

Mazkur futbolchilar jo‘rligida O‘zbekiston terma jamoasi jami 4 ta o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etgan bo‘lib, Rossiyaning “Amkar” klubini mag‘lub etgan, Gruziya bilan durang o‘ynagandi. Daniyaning 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilari hamda Armaniston chempioni O‘zbekiston termasini yutib qo‘ygandi.

Опубликовано: admin (14-03-2017, 12:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 1) ( 0) ( 1) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют