» » “Barselona” darvozasiga 3 ta gol urgan Saudiya chempioni “Bunyodkor” postiga 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi

“Barselona” darvozasiga 3 ta gol urgan Saudiya chempioni “Bunyodkor” postiga 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi


Toshkentning “Bunyodkor” klubi Osiyo Chempionlar ligasining guruh bosqichini muvaffaqiyatsiz boshladi. Saudiyada mamlakat chempioni “Al-Ahli”ga qarshi saf tortgan Sergey Lushchan jamoasi 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Bellashuvdagi har ikki gol “Bunyodkor” himoyachilarining xatosidan so‘ng kiritildi. Birinchisida Akrom Komilov, ikkinchisida Rustam Ashurmatov to‘pni raqibiga oldirib qo‘ydi. “Al-Jaish”ga qarshi o‘yinda Sardor Rashidovni “yeb qo‘ygan” Dilshod Ahmadaliyev esa bu safar bir marta ogohlantirildi.

Mavzuga oid: O‘zbekiston chempioni “Lokomotiv” Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichini mag‘lubiyat bilan boshladi

Qayd etish kerak, Sergey Lushchan boshqaruvida “Bunyodkor” Chempionlar ligasining pley-offida uch bor to‘p surgan va ularning barchasida zafar quchib, guruh bosqichiga yetib kelgan. Biroq undan chiqish “Bunyodkor”ga nasib qilmagan.

Ma’lumot uchun, “Al-Ahli” yangi yil arafasida Ispaniya chempioni “Barselona” bilan o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushib, raqibi darvozasiga 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgandi.

“C” guruhidagi ikkinchi o‘yinda Amirlik va Eron klublari o‘zaro durang o‘ynadi. “Al-Ayn” Chempionlar ligasining o‘tgan yilgi mavsumida finalga qadar yetib borgandi.

Osiyo Chempionlar ligasi
“C” guruhi. 1-tur
21-fevral, seshanba

Gollar: Umar As-Somah, 13 (1:0). Salmon Al-Moasher, 53 (2:0).

“Bunyodkor”: Murod Zuhurov — Dilshod Ahmadaliyev, Rustam Ashurmatov, Akrom Komilov, Dushan Michich, Javlon Ibrohimov, Otabek Shukurov (Alisher Sanoyev, 61), Eldor Shomurodov, Doston Hamdamov, Nurillo To‘xtasinov (Javohir Esonqulov, 71), Shahzod Nurmatov (Vadim Chemirtan, 56).

Gollar: Jerri Bengtson, 56 (0:1). Ismoil Ahmed, 75 (1:1).

Mavzuga oid: Odil Ahmedov to‘p suradigan “Shanxay SIPG” Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichini ham g‘alaba bilan boshladi

Опубликовано: admin (22-02-2017, 00:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют