» » Saudiya Arabistoni “Bunyodkor” va “Lokomotiv”ni gullar bilan kutib oldi

Saudiya Arabistoni “Bunyodkor” va “Lokomotiv”ni gullar bilan kutib oldi


Ertaga — 20-fevral kuni Osiyo Chempionlar ligasining guruh bosqichi o‘yinlari start oladi. Unda O‘zbekiston sharafini mamlakat chempioni “Lokomotiv” va vitse-chempion “Bunyodkor” himoya qiladi.

Guruh bosqichini Toshkentning har ikki klubi Saudiya Arabistonidagi o‘yin bilan boshlaydi. “Lokomotiv” dushanba oqshomida “At-Taavon” klubiga qarshi maydonga tushsa, “Bunyodkor” seshanba kuni “Al-Ahli”ga qarshi saf tortadi.

Shanba kuni har ikki klub uchrashuvlar bo‘lib o‘tadigan shaharga yetib keldi. “Bunyodkor” Toshkent-Dubay-Manama-Jidda yo‘nalishi orqali parvoz qilgan bo‘lsa, Chempionlar ligasining eng kamida yarim finaliga borish ilinjida bo‘lgan “Lokomotiv” uchun charter reys tashkillashtirib berildi.

Qiziq tomoni, Saudiyada O‘zbekiston klublari gullar bilan iliq qarshi olindi.

Ma’lumot uchun, “Lokomotiv” 20-fevral kuni 20:40 dan e’tiboran o‘z o‘yinini boshlasa, 21-fevral kuni “Bunyodkor” 22:15 dan boshlab maydonda ko‘rinish beradi.

Опубликовано: admin (19-02-2017, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют