» » Samvel Babayan Suriya va Qatarga qarshi maydonga tushadigan O‘zbekiston termasi futbolchilarini e’lon qildi

Samvel Babayan Suriya va Qatarga qarshi maydonga tushadigan O‘zbekiston termasi futbolchilarini e’lon qildi


O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan Suriya va Qatar termalariga qarshi o‘yinlarda maydonga tushishi mumkin bo‘lgan futbolchilar nomiga oydinlik kiritdi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati xabar berdi.

Tarkibdan 23 nafar futbolchi joy olgan bo‘lib, shularning 10 nafari xorij chempionatlarida to‘p suradi. Yana 6 nafari O‘zbekiston chempioni “Lokomotiv” a’zolari bo‘lsa, “Paxtakor”da bu ko‘rsatkich 4 tani, “Bunyodkor”da 3 tani tashkil qildi. Jaloliddin Masharipov huquqiy jihatdan “Paxtakor”ga tegishli ekani inobatga olinsa, o‘tgan mavsumni 5-o‘rinda yakunlagan “Paxtakor” va chempion “Lokomotiv”da ko‘rsatkichlar teng ekani oydinlashadi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston termasi 23-mart kuni Suriyaga qarshi o‘yinni safarda o‘tkazadi. 28-mart kuni esa Toshkentda Qatar termasi mehmon bo‘ladi. JCh—2018 saralash bosqichining dastlabki o‘yinlarida har ikki mamlakat termasi o‘zbekistonliklardan 0:1 hisobida yengilgandi.

Darvozabonlar
Ignatiy Nesterov — “Lokomotiv”
Murod Zuxurov — “Bunyodkor”
Aleksandr Lobanov — “Paxtakor”

Himoyachilar
Vitaliy Denisov — “Lokomotiv”, Rossiya
Anzur Ismoilov — “Chanchun Yatay”, Xitoy
Yegor Krimes — “Beydzing Guoan”, Xitoy
Islom To‘xtaxo‘jayev — “Lokomotiv”
Oleg Zoteyev — “Lokomotiv”
Davron Hoshimov — “Paxtakor”

Yarim himoyachilar
Vadim Afonin — “Orenburg”, Rossiya
Odil Ahmedov — “Shanxay SIPG”, Xitoy
Sardor Rashidov — “Al-Jaish”, Qatar
Server Jeparov — “Sepahon”, Eron
Aziz Haydarov — “Ash-Shabob”, BAA
Marat Bikmayev — “Lokomotiv”
Jaloliddin Masharipov — “Lokomotiv”
Salamat Quttiboyev — “Lokomotiv”
Otabek Shukurov — “Bunyodkor”
Eldor Shomurodov — “Bunyodkor”
Jamshid Iskanderov — “Paxtakor”

Hujumchilar
Aleksandr Geynrix — “Ordabasi”, Qozog‘iston
Temurxo‘ja Abduxoliqov — “As-Sayliya”, Qatar
Igor Sergeyev — “Paxtakor”.

Опубликовано: admin (14-03-2017, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют