» » O‘zbekistonda 2020-yildan quduqlar quyosh panellaridan foydalanishga o‘tkaziladi

O‘zbekistonda 2020-yildan quduqlar quyosh panellaridan foydalanishga o‘tkaziladi


Prezident Shavkat Mirziyoyev 19-sentabr, payshanba kuni suv resurslarini boshqarish tizimini isloh qilish va suvdan foydalanish samaradorligini oshirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Bugungi kunda suv xo‘jaligi tashkilotlari tasarrufida 4 mingta sug‘orish qudug‘i mavjud. Bitta quduq 30 gektar maydonga xizmat ko‘rsatib, yiliga 40—50 million so‘mgacha xarajat qilinmoqda.

“Sug‘orishda quduq suvini odatdagidek ishlatish oqibatida yer osti suvi borgan sari kamaymoqda”, — deb yozadi Prezident matbuot xizmati.

Shuning uchun mutasaddilarga quduq suvlari iste’molchilarini 2020-yilda suv tejovchi texnologiyalar va quyosh panellaridan foydalanishga o‘tkazish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Yana bir masala — hozirda suv obyektlarini qurish, rekonstruksiya va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha ham buyurtmachi, ham pudratchi vazifasini bitta idora — Suv xo‘jaligi vazirligi amalga oshirmoqda.

“Bu esa sog‘lom raqobatga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin”, — deyiladi rasmiy axborotda. Shu bois 57 ta pudrat korxonasini vazirlik tizimidan chiqarib, alohida aksiyadorlik jamiyatiga birlashtirish vazifasi qo‘yilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-09-2019, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют