» » Bahodir Jalolov ham Jahon chempioni! U ham qozog‘istonlik azaliy raqibini yengdi

Bahodir Jalolov ham Jahon chempioni! U ham qozog‘istonlik azaliy raqibini yengdi


Rossiyaning Yekaterinburg shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha Jahon chempionatining +91 kg vazn toifasida final jangi yakunlandi.

Unda Bahodir Jalolov qozog‘istonlik Kamshibek Konkabayevga qarshi ringga chiqdi. Uchala raundda ham Jalolov raqibidan ustun keldi va g‘alabaga erishdi.

Shu tariqa Bahodir Jahon chempionati oltin medaliga ega chiqdi. Qayd etish joiz, bu Bahodir—Kamshibek o‘rtasidagi 5-jang edi. Hisob 3-2 Bahodir foydasiga.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq -52 kg vazn toifasi vakili Shahobiddin Zoirov hamda -57 kg vaznli Mirazizbek Mirzahalilovlar O‘zbekiston hisobiga ikkita oltin medalni yozdirib qo‘ydi. Bundan tashqari -81 kg vaznli Dilshodbek Ro‘zmetov terma jamoa uchun kumush medal keltirgandi.

Natijada O‘zbekiston terma jamoasi 3 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medal bilan umumjamoa hisobida musobaqani birinchi o‘rinda yakunladi.

Jang videosini “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’da tomosha qilishingiz mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-09-2019, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют