» » DYXX Samarqandning Islohot ko‘chasidagi yong‘in yuzasidan axborot berdi

DYXX Samarqandning Islohot ko‘chasidagi yong‘in yuzasidan axborot berdi


Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati (DYXX) 20-sentabr kuni soat taxminan 9:00 atrofida Samarqandning Islohot ko‘chasidagi 15-uyda yuz bergan yong‘in yuzasidan rasmiy axborot berdi.

Mavzuga doir: Samarqand shahrining Islohot ko‘chasidagi uyda yong‘in sodir bo‘ldi (foto+video)

Xabar berishlaricha, ikkita yong‘in o‘chirish bo‘linmasi ko‘rsatilgan manzilga 10 daqiqa ichida yetib borgan vaqtda uyning tom qismi quyuq tutun bilan qoplangan bo‘lgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in to‘liq o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida 15-uyda yashovchi fuqaro L.K. xonadonining 18 kvadrat metr maydonda tomi, shifti va uy jihozlari hamda fuqaro D.P. xonadonining 21 kvadrat metr maydonda tomi va shifti yonib zararlangan.

Yong‘indan uyning 70 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar qayd etilmagan. “Hodisaning taxminiy sababi — elektr simlaridagi qisqa tutashuv”, — deya xabar bermoqda DYXX.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют