» » Shayxontohur tumanida 4 ta bir-biriga qo‘shni uyda yong‘in sodir bo‘ldi

Shayxontohur tumanida 4 ta bir-biriga qo‘shni uyda yong‘in sodir bo‘ldi


22-avgust kuni 02:50 daqiqa o‘tganda Toshkent shahar Shayxontohur tumani “Xuvaydo” MFYda joylashgan 31, 51, 33 va 42-uylarda yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan, deb xabar berdi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi.

Xabar asosida voqea joyiga 5 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmasi jalb etilgan. Birinchi bo‘linmalar ko‘rsatilgan manzilga soat 02:58 da yetib borgan. Yong‘in soat 03:11 da qurshab olingan va 03:42 da to‘liq bartaraf etilgan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar qayd etilmagan.

Yong‘in oqibatida Xuvaydo 4-tor ko‘chasidagi 31-uyning 20 kvadrat metr, 51-uyning 65 kvadrat metr, 33-uyning 40 kvadrat metr va Xuvaydo 2-tor ko‘chasidagi 42-uyning 25 kvadrat metr maydonda tom qismlari yonib zararlangan. Yong‘indan uylarning jami 550 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan.

Yong‘inning qisqa vaqtda tarqalishiga uylarni qurishda yong‘inga qarshi oraliq masofalar inobatga olinmagan va yong‘inga qarshi devorlar qurilmaganligi sabab bo‘lgan. Hodisaning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-08-2019, 07:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 112) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют