» » Andijonda yosh bolalarning sho‘xligi oqibatida 3 ta uy yonib ketdi

Andijonda yosh bolalarning sho‘xligi oqibatida 3 ta uy yonib ketdi


2019-yilning 24-iyul kuni soat 08:30 da Andijon shahar “Madaniyat” MFY 1-tor ko‘chasidagi uylarda yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabar bermoqda.

Yong‘inni bartaraf etishga 4 ta yong‘in o‘chirish avtoekipajlari jalb etilgan. Birinchi bo‘linmalar voqea joyiga soat 08:34 da yetib borgan va yong‘in soat 08:39 da qurshab olinib, soat 09:08 da to‘liq bartaraf etilgan. Yong‘inda insonlarning halok bo‘lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmagan. Yong‘in oqibatida 4-uyning 50 kv.m. maydonda tomi, shifti va uy-jihozlari, 2 va 6-uylarning 15 kv.m. maydondan tom qismlari yonib zararlangan.

Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘indan uylarning jami 250 kv.m. maydoni saqlab qolingan. Yong‘inning qisqa vaqtda tarqalishiga uylarni qurishda yong‘inga qarshi oraliq masofalar inobatga olinmaganligi va yong‘inga qarshi devorlar qurilmaganligi sabab bo‘lgan. Hodisaning kelib chiqishi 4-uyda yosh bolalar nazoratsiz qoldirilib, olov bilan o‘ynashlari, deb taxmin qilinmoqda. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-07-2019, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 38) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют