» » Toshkentda bir paytning o‘zida 6 ta uyda yong‘in bo‘ldi

Toshkentda bir paytning o‘zida 6 ta uyda yong‘in bo‘ldi


Bugun, 18-mart kuni Toshkentda bir paytning o‘zida oltita xonadon yonib ketdi. Bu haqda “Xalq so‘zi” ma’lum qildi.

Xabarda aytilishicha, soat 11:25 da Yong‘in xavfsizligi boshqarmasiga Toshkent shahar Shayxontohur tumani “Oqlon” mahallasi, Ko‘kcha darvoza tor ko‘chasida joylashgan uylarda yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida xabar kelib tushgan.

Xabar asosida 8 ta yong‘in o‘chirish ekipajlari jalb etilgan. Birinchi bo‘linmalar soat 11:29 da voqea joyiga yetib kelgan. Yong‘in soat 12:05 da qurshab olingan va soat 12:34 da to‘liq bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida Ko‘kcha darvoza tor ko‘chalarida joylashgan 4 ta va shu xonadonlarga tutash qurilgan Fuzuliy ko‘chasidagi 2 ta xonadonlarda jami 380 kvadrat metr maydonda tom qismlari va ichki jihozlari yonib zararlangan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘indan uylarning jami 500 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan.

Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘inning kelib chiqishi taxminiy sababi sifatida Ko‘kcha darvoza tor ko‘chasidagi 14-xonadonning oshxonasida yog‘ni qozonda dog‘lash uchun gaz plitasiga qo‘yib, nazoratsiz qoldirilishi ko‘rsatilmoqda.

Yong‘in natijasida kelib chiqqan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-03-2019, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют