» » Xivada bir-biriga qo‘shni uchta hovli yondi (foto)

Xivada bir-biriga qo‘shni uchta hovli yondi (foto)


11-avgust kuni tushdan so‘ng Xivaning Sangar mahallasi, Elobod ko‘chasidagi 9, 11 va 7-uylarda yong‘in yuz berdi.

Hodisa joyiga soat 14:20 da 6 ta o‘t o‘chirish brigadasi yetib kelgan. Olov 14:50 da qurshab olinib, 15:22 da to‘liq o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida 9-uyning 160 kvadrat metr maydonda tomi, shifti va uy-jihozlari hamda 11-uyning 40 kvadrat metr maydonda va 7-uyning 20 kvadrat metr maydonda tom qismi yonib zararlangan. Uylarning 450 kvadrat metr maydoni yong‘indan saqlab qolingan.

Yong‘inni qo‘shni uylarga tarqalishiga uylarni qurishda yong‘inga qarshi oraliq masofalar inobatga olinmagan yoki yong‘inga qarshi devorlar qurilmaganligi sabab bo‘lgan.

Hodisa oqibatida odamlarning halok bo‘lishi va tan jarohati olishi holatlari qayd etilmagan. Yong‘in kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2019, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют