» » Namanganda ochiq olovdan foydalanishdagi ehtiyotsizlik oqibatida molxona yonib ketdi

Namanganda ochiq olovdan foydalanishdagi ehtiyotsizlik oqibatida molxona yonib ketdi


Namangan viloyatida 19-sentabr kuni soat taxminan 00:45 da Chust tumani “Toymasobod” mahalla fuqarolar yig‘ini Toymas ko‘chasi 109-uyda yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

Yong‘inga uchta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Bo‘linmalar ko‘rsatilgan manzilga 10 daqiqada yetib borgan. “Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in bartaraf etilgan”, — deya xabar bermoqda Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati.

Yong‘indan yashash uyining 200 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in oqibatida yashash uyi darvozaxonasining va molxonasining 85 kvadrat metr maydonda tom qismi yongan.

Hodisaning taxminiy sababi — ochiq olovdan foydalanishda ehtiyotsizlik. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2019, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 41) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют