» » AQSh Kongressi Donald Trampning Zelenskiyga bosimi tufayli unga impichment e’lon qilish niyatida

AQSh Kongressi Donald Trampning Zelenskiyga bosimi tufayli unga impichment e’lon qilish niyatida


AQSh Vakillik palatasining razvedka ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Adam Shiff prezident Donald Trampning Ukraina yetakchisiga o‘tkazgan bosimi isbotlangudek bo‘lsa, impichment yagona chora bo‘lishini ma’lum qildi, deb xabar beradi “Kommersant”.

Donald Tramp jurnalistlarga Ukraina prezidenti bilan bo‘lib o‘tgan suhbat mazmunini qay yo‘sinda e’lon qilishni o‘ylab ko‘rishini bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, “bu juda ajoyib suhbat bo‘lgan va bundan yaxshisini tasavvur ham qilib bo‘lmaydi”.

The Wall Street Journal mabasining ma’lum qilishicha, Donald Tramp iyul oyida Vladimir Zelenskiy bilan telefon suhbati chog‘ida Ukraina yetakchisidan AQShning sobiq vitse-prezidenti Jo Bayden Xanterning o‘g‘liga qarshi tergov boshlashini talab qilgan. Ukraina Tashqi ishlar vazirligi rahbari Vadim Pristayko ikki mamlakat yetakchisining suhbatini “do‘stona” va “hech qanday bosim bo‘lmagan” deya ta’riflagandi.

Jo Bayden Xanter prezident Donald Trampni o‘z vakolatini suiiste’mol qilishda aybladi va Kongressning telefon suhbatlari mazmunini tekshirish bo‘yicha harakatlarini qo‘llab-quvvatladi. Shuningdek, u prezidentga impichment e’lon qilinishi mumkinligini ham ma’lum qilgan.

Mavzuga doir: Tramp impichmentini amerikaliklarning qariyb yarmi qo‘llab-quvvatlamoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2019, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют