» » Tramp advokatining Zelenskiy bilan uchrashishdan ko‘zlagan maqsadlari ma‘lum bo‘ldi

Tramp advokatining Zelenskiy bilan uchrashishdan ko‘zlagan maqsadlari ma‘lum bo‘ldi


AQSh prezidenti Donald Trampning shaxsiy advokati Rudolf Juliani Kiyevda yaqinda saylangan Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The New York Times xabar bermoqda.

Ma‘lumotlarga qaraganda, Rudolf Juliani Ukrainaga safari chog‘ida sobiq vitse-prezident Jo Baydenning Burisma Holdings Ukraina gaz kompaniyasida ishlaydigan o‘g‘li haqida yangi ma’lumotlar olishni ham rejalashtirgan. Shuningdek, advokat Kiyevni Ukrainaning AQShdagi 2016-yildagi prezidentlik saylovlariga aralashuvi bo‘yicha tergovni boshlashga undashni ham xohlaydi.

2016-yilda Ukraina Prezidenti Pyotr Poroshenko Burisma Holdings kompaniyasi boshqaruv kengashida Xanter Bayden bo‘lgani sababli, ushbu yirik kompaniyaga qarshi tergov ishlari olib borayotgan bosh prokuror Viktor Shokinni ishdan bo‘shatgan edi. Juliani Kiyevning bu tergov jarayonini yakunlashini talab qilmoqchi. “Bu ma’lumotlar mening mijozim uchun juda-juda kerakli, mening hukumatim uchun esa juda foydali bo‘lishi mumkin”,— deydi advokat.

Gazetaning yozishicha, Julianining Kiyevdagi harakatlari yaqin kelajakda AQShda bo‘lib o‘tadigan, 2020-yildagi prezident saylovlari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, chunki nomzodlar orasida Jo Bayden ham bor.

Bayden 2009-yildan 2017-yilgacha AQSh vitse-prezidenti lavozimida ishlagan. Ungacha, 1973-yildan buyon AQSh Kongressida Delaver shtati senatori bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2019, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 24) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют