» » Sobiq “Chorsu” mehmonxonasi boshlang‘ich 1 so‘m qiymatida qayta sotuvga qo‘yildi

Sobiq “Chorsu” mehmonxonasi boshlang‘ich 1 so‘m qiymatida qayta sotuvga qo‘yildi


Vazirlar Mahkamasining 16-sentabrdagi 774-sonli qaroriga muvofiq sobiq “Chorsu” mehmonxona kompleksi qayta sotuvga qo‘yildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar berdi.

Sobiq “Chorsu” mehmonxona majmuasi quyidagi shartlar asosida sotiladi:

Elektron onlayn auksion savdolari 21-oktabr kuni soat 09:00 da boshlanadi.

Elektron onlayn auksion savdolarga arizalarni qabul qilish auksion o‘tqazish to‘g‘risidagi xabarnoma e’lon qilingan kundan boshlanadi va savdo kunidan 1,5 kun oldin 13:00 da tugaydi.

Agar auksion savdolari bo‘lib o‘tmagan deb topilsa, takroriy tanlov savdolari har 15 ish kunida bir marta o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, 12 yildan buyon vayrona ahvolda bo‘lgan “Chorsu” mehmonxonasi 2019-yili ishga tushirilishi haqida o‘tgan yilning may oyida xabar berilgandi. “Chorsu” mehmonxonasini rekonstruksiya qilish ishlari bilan turkiyalik investor Axmet Demir shug‘ullanayotgani haqida xabar tarqalgan edi. Keyinroq, Axmet Demir mehmonxonani rekonstruksiya qilish ishlari sust ketishida Toshkent shahar hokimligini ayblagan, turkiyalik ishbilarmonning mazkur e’tirozlariga Toshkent shahar hokimligi mutasaddilari javob qaytargandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2019, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют