» » Turkiyalik investor “Chorsu” mehmonxonasi ishlari nima uchun oqsayotganiga izoh berdi

Turkiyalik investor “Chorsu” mehmonxonasi ishlari nima uchun oqsayotganiga izoh berdi


Toshkent markazidagi “Chorsu” mehmonxonasini rekonstruksiya qilish ishlari bilan turkiyalik investor Axmet Demir shug‘ullanayotgani haqida xabar tarqalgan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 1,1 million o‘rinli mehmonxona tarmoqlariga ega “Marius” kompaniyasi mutaxassislari ko‘magida mukammal loyiha yaratilgan va 2019-yil yakuniga qadar qurilish ishlari nihoyasiga yetishi ko‘zlangan. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Bugungi kunga kelib mehmonxonaning tashqi ko‘rinishidan katta o‘zgarishlar bo‘layotganini sezish qiyin. Mehmonxona rekonstruksiya ishlari nima uchun to‘xtab qoldi? Bunga kim to‘sqinlik qilmoqda? Bu savollarga Axmet Demir “Xalq so‘zi” elektron nashriga bergan intervyusida javob berdi.

Tadbirkorning aytishicha loyihani amalga oshirishda ayrim muammolar bor: “Eng katta muammoimiz esa – qog‘ozbozlik. Masalan, bir paytlar aytib o‘tganimdek, bizga qo‘shimcha yer kerak. Chunki mehmonxona kamida to‘rt yulduzli bo‘lib, 350 ta xonadan iborat bo‘ladi. Xorijlik hamkorlarimiz bunday yirik inshootda namunali xizmat ko‘rsatish uchun 2 gektarlik maydon kamlik qilishini aytishgandi. Shundan so‘ng biz Toshkent shahar hokimiyati va boshqa mutasaddilarga qo‘shimcha yer maydoni ajratish bo‘yicha murojaat etgandik. Natijada yana 3 gektar yer qo‘shib berilishini va’da qilinib, bu haqda davlat rahbarining qarori ham chiqdi. Ammo o‘sha qaror hanuz bajarilganicha yo‘q. Buning oqibatida ishimiz sustlashgan, eng yomoni, bankdan kredit ololmayapmiz. Bankka ikkita kadastr hujjatini ko‘tarib borib, kredit so‘rasam, “Biznes-rejangizda ko‘rsatilgan mana bu hududning hujjati qani?” deyishadi. “Mutasaddi idoralar keyin qilib berar ekan”, deyman. Ammo ular ham chetdan kelmagan, shu yurtning fuqarolari. Yaxshi bilishadiki, “Keyin qilib beriladi”, degani ba’zan “Hech qachon qilib berilmaydi”, deganini anglatadi”, deydi Axmet Demir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют