» » OAV: “Orzu” savdo-ko‘ngilochar markazi Demir Group’ga taqdim etilgan

OAV: “Orzu” savdo-ko‘ngilochar markazi Demir Group’ga taqdim etilgan


Toshkent shahri markazidagi faoliyati to‘xtagani xabar qilingan “Orzu” savdo-ko‘ngilochar markazi maydoni Turkiyaning Demir Group xoldingiga berilgan. Bu haqda, o‘z manbalariga asoslanib, “Repost.uz” xabar bermoqda.

“Orzu” savdo-ko‘ngilochar markazi 2013-yil oktabrida sobiq Mir Store majmuasi o‘rnida ish boshlagan edi. O‘z navbatida, 2010-yilda yopilgan Mir Store majmuasi Demir Group tomonidan boshqarilardi.

2017-yil oktabri boshida “Orzu”ning faoliyati to‘xtagani, xususan, so‘nggi vaqtlarda ishlab turgan fud-korti yopilgani ma’lum bo‘ldi. Orzu Food nomli fud-kortida faoliyat olib borgan ovqatlanish muassasalari boshqa joylarga ko‘chib ulgurgan.

Mavzuga doir: “Demir” o‘rnida ochilgan “Orzu”ning faoliyati to‘liq to‘xtadi. Sentabrda Ahmet Demir O‘zbekistonga yana investitsiya kiritishini bildirgan edi

“Repost.uz”ning “Orzu” rahbariyatiga asoslanib qayd etishicha, majmua ta’mirlash ishlari uchun yopilgan. Biroq “Repost.uz”ning o‘z manbalari majmua Demir Group xoldingiga berilganini ta’kidlagan.

Sentabr oyida Demir Group rahbarlaridan biri Ahmet Demir Toshkentga kelgani, seminar o‘tkazgani ma’lum bo‘lgan edi. U Toshkentda restoran ochish niyatini bildirgan edi. Bundan tashqari, “Chorsu” mehmonxonasini rekonstruksiya qilish loyihasi aynan Demir Group’ga ishonib topshirildi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (5-10-2017, 15:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют