» » “Demir” o‘rnida ochilgan “Orzu”ning faoliyati to‘liq to‘xtadi. Sentabrda Ahmet Demir O‘zbekistonga yana investitsiya kiritishini bildirgan edi

“Demir” o‘rnida ochilgan “Orzu”ning faoliyati to‘liq to‘xtadi. Sentabrda Ahmet Demir O‘zbekistonga yana investitsiya kiritishini bildirgan edi


Toshkent markazidagi Zarafshon ko‘chasida joylashgan “Orzu” savdo-ko‘ngilochar markazi (SKM) to‘liq yopildi. Bu haqda MyDay nashri xabar bermoqda.

Majmua roppa-rosa 4 yil faoliyat ko‘rsatdi — u rasman 2013-yilning 5-oktabrida ishga tushgan edi. SKMning asosiy qismi faoliyati bir muddat avval to‘xtab qolgan edi, eng oxirgi bo‘lib uning fud-korti yopilgan.

Majmua hududida faoliyat olib borgan bir qator muassasalar boshqa joyga ko‘chib ulgurgani aytilmoqda. Xususan, Barbeque Burger “Buyuk Ipak yo‘li” metro bekati yaqinidagi hududda faoliyatini qaytadan yo‘lga qo‘ysa, Greens kafesi Samarqand Darvoza savdo markaziga ko‘chgan.

“Majmuadagi Dizaynerlar xiyoboni va boshqa do‘kon hamda umumiy ovqatlanish muassasalari taqdiri hozircha noma’lum”, — deb yozadi MyDay.

Qayd etish joiz, “Orzu” savdo-ko‘ngilochar markazi o‘z vaqtida Mir Store brendi ostida xizmat ko‘rsatgan, xalq orasida “Demir” nomi bilan mashhur bo‘lgan, faoliyati bir muddat to‘xtab qolgan savdo majmuasi o‘rnida ish boshlagan edi.

2017-yilning sentabr oyida Mir Store asoschilaridan biri Ahmet Demir Toshkentda seminar o‘tkazgani, Toshkentda restoran ochishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. Keyinroq “Chorsu” mehmonxonasi bazasida sayyohlik majmuasini qurish bo‘yicha 33 million dollarlik loyiha Demir Group’ga ishonib topshirilgani ma’lum bo‘ldi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-10-2017, 19:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют