» » “Qaysi bir palid, ablah odam filmni efirda o‘zicha kesdi?”. Zulfiqor Musoqov “O‘zbekiston tarixi” kanalida efirga ketgan “Berlin—Oqqo‘rg‘on” filmi haqida

“Qaysi bir palid, ablah odam filmni efirda o‘zicha kesdi?”. Zulfiqor Musoqov “O‘zbekiston tarixi” kanalida efirga ketgan “Berlin—Oqqo‘rg‘on” filmi haqida


O‘zbekiston san’at arbobi, kinorejissor Zulfiqor Musoqov “Berlin—Oqqo‘rg‘on” nomli to‘liq metrajli badiiy filmining “O‘zbekiston tarixi” telekanalida namoyish etilishiga e’tiroz bildirdi. Bu haqda Facebook’dagi “Kino san’ati” sahifasiga ma’lum qilindi.

Bizni, “Berlin—Oqqo‘rg‘on” filmi ijodkorlarini yangi ochilgan “O‘zbekiston tarixi” kanaliga taklif qilishib, filmimizni tomoshabinlarga ko‘rsatishidan xursand bo‘lgan edik. Lekin qaysi bir palid, ablah odam qonunni buzib, davlat mulki bo‘lgan filmni efirda o‘zicha kesganidan juda ranjidik. Afsus, endigina vujudga kelgan yangi telekanal faoliyatini bunaqa qing‘ir ishlar bilan boshlashi juda jirkanch hol... Kesilgan epizodlarni badiiy ma’nosi yo‘q qilindi.

Bu atayin qilingan juda jiddiy qo‘poruvchilik xatti-harakati deb tushundim va ertagayoq bu haqda xohlagan joyda bu ishni kim qilganini talab qilaman va bizning huquqimiz buzilgani haqida bildiraman. Juda xafa bo‘ldik...

Zulfiqor Musoqov, O‘zbekiston san’at arbobi, kinorejissor

2018-yilning dekabrida premyerasi bo‘lib o‘tgan “Berlin—Oqqo‘rg‘on” filmida 1941—1945-yillarda kechgan Ikkinchi jahon urushida o‘zbek millatining jasur va mard o‘g‘lonlari, shuningdek, front ortidagi O‘zbekiston xalqining ko‘rsatgan beminnat mehnatlari hamda insoniylik munosabatlari aks ettirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Zulfiqor Musoqov filmlari telekanallarda namoyish qilinishidan oldin kesilishi borasida MTRK raisiga murojaat qilgani, murojaatiga Alisher Xadjayev tomonidan “Bizda ahmoqlar juda ko‘p, aybdor topilib jazolanadi” degan javobni olgan edi.

Mavzuga doir: Biz — tarix mevasimiz. “Berlin – Oqqo‘rg‘on” filmi shu haqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2019, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют