» » O‘zbekiston banklari dollarni 9500 so‘mdan sotishni boshladi

O‘zbekiston banklari dollarni 9500 so‘mdan sotishni boshladi


O‘zbekiston banklari 23-sentabrdan e’tiboran dollarni 9500 so‘mdan sotishni, 9300—9400 so‘mdan sotib olishni boshladi. O‘tgan hafta oxirida dollar 9400 so‘m atrofida sotilayotgan edi, deb eslatmoqda Spot.

Amerika valyutasi kursi birjada ham o‘smoqda. O‘zbekiston valyuta birjasidagi 20-sentabrdagi savdolar yakuniga ko‘ra dollar 9441 so‘m bo‘lgan edi — bu 19-sentabrdagi ko‘rsatkichdan 12 so‘mga ko‘proq. Savdolar hajmi 112 million dollarni tashkil etdi.

O‘tgan hafta Markaziy xorijiy valyutalarning kurslarini yangilagan edi (23-sentabr, dushanba kuni ham yangi kurslar e’lon qilinishi kutilmoqda). O‘shanda AQSh dollari kursi 16 so‘mga o‘sib, ilk bor 9400 so‘mdan oshgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2019, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют