» » Shomurodov to‘purar, “Rostov” esa mag‘lub, “Zenit”dan gollar shousi. RPLda tur tafsilotlari

Shomurodov to‘purar, “Rostov” esa mag‘lub, “Zenit”dan gollar shousi. RPLda tur tafsilotlari


Futbol bo‘yicha Rossiya Premyer Ligasining 10-tur uchrashuvlari 20—22-sentabr kunlari bo‘lib o‘tdi. “Daryo” esa odatga ko‘ra tur tafsilotlarini bir sahifaga jamladi.

Turni “Ufa” klubi Moskvaning “Spartak” klubini qabul qilgan holda ochib berdi. Uchrashuv taqdirini Nikolay Rasskazov tomonidan urilgan gol hal etdi. “Spartak” futbolchisi o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi va o‘yinning antiqahramoniga aylandi. Gol 13-daqiqaga yozilgan bo‘lsa, shundan so‘ng uchrashuv so‘ngiga qadar hakam ikkala jamoaning 7 nafar futbolchisiga sariq kartochka ko‘rsatishga majbur bo‘ldi. Shulardan beshtasi moskvaliklarga chekiga to‘g‘ri keldi. Shu tariqa 10-tur sensatsiya bilan boshlandi.

Turning markaziy bellashuvlaridan biriga Sankt-Peterburg shahri mezbonlik qildi. Unda “Zenit” Qozonning “Rubin”ini qabu qildi. Muxlislar birinchi bo‘limda bitta ham gol ko‘rmadi. Ammo ikkinchi bo‘limda mezbonlar “Rubin” darvozasiga naq beshta gol urishning uddasidan chiqdi. Branislav Ivanovich avvaliga 58-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, 65 hamda 75-daqiqalarda Aleksey Sutormin dublga erishdi. Uchrashuvdagi so‘nggi ikkita golga esa Robert Mak (82) hamda Oleg Shatov (87) mualliflik qildi.

Ushbu g‘alaba sabab “Zenit” ochkolari sonini 23 taga yetkazib, 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Valeriy Karpin boshchilgidagi “Rostov” jamoasi mazkur turda autsayder “Tambov” mehmoni bo‘ldi. Karpin shogirdlari uchrashuvni yaxshi boshladi. 27-daqiqada O‘zbekiston terma jamoasi vakili Eldor Shomurodov o‘zi boshlagan hujumni qoyilmaqom tarzda yakuniga yetkazdi. Qayd etish joiz, bu Eldorning joriy mavsumdagi 10-goli bo‘ldi. 38-daqiqada esa Georgiy Melkadze hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, aynan uning o‘zi 61-daqiqada dublga erishib, jamoasiga g‘alaba keltirdi. G‘alaba sabab “Tambov” ochkolari sonini 8 taga yetkazib, 16-o‘rindan bir pog‘ona yuqoriga ko‘tarilib oldi.

Turning so‘nggi o‘yinida SSKA jamoasi o‘z uyida “Krasnodar”ni qabul qildi. Moskvaliklar birinchi bo‘limning 41-daqiqasiga qadar mehmonlar darvozasini uch marta ishg‘ol qildi. Gollarga Nikola Vlashich (2 ta) hamda Fyodor Chalov mualliflik qildi. Tanaffusdan so‘ng gol urish navbati “Krasnodar”ga yetdi. 3 daqiqa ichida Markus Berg dublga erishdi. 3:2 hisobi o‘yin oxiriga qadar o‘zgarmay qoldi.

RPL

10-tur bahslari

20-sentabr, juma

Gol: 1:0 – 13, avtogol Rasskazov.

21-sentabr, shanba

Gollar: 1:0 – 27 Ponse, 1:1 – 90 Karpov.

Gollar: 1:0 – 58 Ivanovich, 2:0 – 65 Sutormin, 3:0 – 75 Sutormin, 4:0 – 82 Mak, 5:0 – 87 Shatov.

Gollar: 0:1 – 27 Shomurodov, 1:1 – 38 Melkadze, 2:1 – 61 Melkadze.

22-sentabr, yakshanba

Gollar: 0:1 – 10 Barinov, 0:2 – 48, penalti Smolov, 1:2 – 69 Rogich, 1:3 – 88 Eder, 2:3 – 90 Kulishev.

Gollar: 0:1 – 31 Zabolotniy, 1:1 – 50 Igbun, 2:1 – 63 Igbun, 2:2 – 65 Mevlya, 2:3 – 90 Karapetyan.

Gollar: 1:0 – 25 Bauer, 1:1 – 48 Augustinyak.

Gollar: 1:0 – 32, penalti Vlashich, 2:0 – 37 Chalov, 3:0 – 41 Vlashich, 3:1 – 57 Berg, 3:2 – 60 Berg.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2019, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют