» » Lionel Messi — yilning eng yaxshi o‘yinchisi

Lionel Messi — yilning eng yaxshi o‘yinchisi


Italiyaning Milan shahridagi “La Skala” opera teatrida 23-sentabr, dushanba kuni FIFA talqiniga ko‘ra yilning eng yaxshilarini aniqlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Argentina terma jamoasi hamda “Barselona” hujumchisi Lionel Messi FIFA talqiniga ko‘ra yilning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi va The Best—2019 sovriniga ega chiqdi. Unga mazkur sovrin uchun kurashda “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu hamda “Liverpul” himoyachisi Virjil van Deyk raqiblik qildi. Biroq argentinalik ularning ikkisini ham ortda qoldira oldi.

Eslatib o‘tamiz, The Best sovrini 2016-yildan buyon o‘z egalariga topshirib kelinadi. O‘tgan yili “Real Madrid” yarim himoyachisi Luka Modrich ushbu sovringa loyiq ko‘rilgan bo‘lsa, 2016—2017-yillarda Ronaldu ketma-ket ikki bor yilning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-09-2019, 01:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют