» » Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiya neftni qayta ishlash zavodiga uyushtirilgan hujumda Eronni aybladi

Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiya neftni qayta ishlash zavodiga uyushtirilgan hujumda Eronni aybladi


Saudiya Arabistonidagi neft obyektlariga uyushtirilgan hujum bo‘yicha javobgarlik Eron zimmasiga yuklandi. Bu haqda Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiya hukumatlarining qo‘shma bayonotida ma’lum qilindi, deb xabar beradi “Kommersant”.

Ushbu davlatlar Tehronni o‘zining yadroviy va raketa dasturlariga oid bahsli masalalarini hal etish maqsadida muzokaraga chaqirmoqda.

“Hujum uchun Tehron javobgarligi oydek ravshan. Boshqa izoh yo‘q”, — deyiladi bayonotda. Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson, Germaniya kansleri Angela Merkel hamda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron BMT Bosh assambleyasi doirasida muzokara o‘tkazdi. Ular, shuningdek, Eronni ig‘vo uyushtirmaslikka chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, 14-sentabr kuni dronlar Saudi Aramco neftni qayta ishlash zavodiga hujum uyushtirgan edi. Hujum bo‘yicha mas’uliyatni yamanlik isyonchi xusiylar o‘z bo‘yniga olgan bo‘lsa-da, AQSh sodir bo‘lgan voqeada Eronni ayblagan edi. Saudiya Arabistoni mudofaa vaziri dron va raketalarning qoldiqlarini ko‘rsatib, hujumga Eronning aloqasi borligini isbotlagan edi.

AQSh prezidenti Donald Tramp 20-sentabr kuni Eronga nisbatan yangi sanksiyalarni e’lon qilib, Yaqin Sharqqa qo‘shimcha harbiylarni jo‘natishni ma’qulladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-09-2019, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют