» » Tramp Saudi Aramco’ga uyushtirilgan hujumdan so‘ng, AQSh neft zaxiralaridan foydalanish bo‘yicha topshiriq berdi

Tramp Saudi Aramco’ga uyushtirilgan hujumdan so‘ng, AQSh neft zaxiralaridan foydalanish bo‘yicha topshiriq berdi


AQSh prezidenti Donald Tramp dronlar tomonidan Saudiya Arabistonidagi Saudi Aramco neftni qayta ishlash zavodiga uyushtirilgan hujumdan so‘ng, neft bozoridagi vaziyatni barqarorlashtirish uchun mamlakat neft zaxiralaridan foydalanish bo‘yicha topshiriq berganini ma’lum qildi, deb xabar beradi “Kommersant”.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, AQSh hujum ortida kim turganini biladi, biroq Ar-Riyodning mazkur noxush hodisaga kimlarning aloqador ekanligi bo‘yicha fikrini kutmoqda.

“Saudiya Arabistonda uyushtirilgan hujum neft narxiga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi sabab, bozorni barqarorlashtirish uchun men strategik neft zaxiralaridan foydalanishga sanksiya berdim”, — deb yozadi Tramp o‘zining Twitter’dagi sahifasiga. Uning ta’kidlashicha, AQSh dronlar hujumiga javob qaytarishga tayyor, biroq hozirda qirollikdan taxminiy aybdorlar borasida ma’lumot kutmoqda. “Biz to‘liq jangovar shay holatdamiz, barchasi tasdiqlanishiga bog‘liq”, — deydi Tramp.

The Washington Post gazetasining yozishicha, Tramp administratsiyasi haqiqatan hujumga tayyorgarlik ko‘rmoqda. 15-sentabr kuni Donald Tramp AQSh mudofaa vaziri Mark Esper bilan uchrashgan. Uchrashuv tafsilotlari haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, 14-sentabr kuni Saudi Aramco neft kompaniyasining ikki obyektiga dronlar hujum qilgan edi. Bunda gap kattaligi bo‘yicha mamlakatda ikkinchi o‘rinda turuvchi Xurais koni va Abkaik konidagi neftni qayta ishlash zavodi haqida bormoqda. Saudi Aramco uni neftni tashish uchun barqarorlashtirish bo‘yicha jahondagi eng yirik zavod deb ataydi, shuningdek, u kompaniyaning neftni qayta ishlash bo‘yicha yirik zavodlaridan biri hamdir. U yerda bir kecha-kunduzda yetti million barrelgacha neftni qayta ishlash mumkin.

Saudi Aramco dunyoda eng yirik zavodlardan biri hisoblanuvchi Abkaikdagi neftni qayta ishlash zavodi bir sutkada 7 million tonna barrelgacha xomashyoni qayta ishlashi mumkin. 2006-yilda zavodga “Al-Qoida” terrorchilik tashkilotining xudkushlari hujum qilgan bo‘lib, u muvaffaqiyatsiz yakunlangan.

Mavzuga doir: Yamanlik isyonchilarning dronlari Saudiya neft obyektlariga so‘nggi 10 yildagi eng katta hujumni amalga oshirdi. Mamlakatda neft qazib olish ikki barobar qisqardi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-09-2019, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 38) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют