» » Saudi Aramco kompaniyasining eng yirik zavodida yong‘in yuz berdi. Bunga dronlar hujumi sabab bo‘ldi

Saudi Aramco kompaniyasining eng yirik zavodida yong‘in yuz berdi. Bunga dronlar hujumi sabab bo‘ldi


Saudiya Arabistonidagi Saudi Aramco kompaniyasiga tegishli Abkaik va Xurays neft konlarida yong‘in yuz berdi, deb xabar bermoqda Al Arabia telekanali.

“Kommersant”ning yozishicha, hozirda zavodda yong‘in o‘chirilgan bo‘lib, hodisa oqibatida jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q. Voqea yuzasidan tergov harakatlari boshlangan.

Breaking: Reports of explosions in Buqyaq, #Saudi Arabia. pic.twitter.com/qkJ9xGc9ji

— Ahmad Algohbary (@AhmadAlgohbary) September 14, 2019

Hujum ortida kim turganligi ma’lum qilinmagan. Keyinroq Saudiya Arabistoni hukumati bu dronlar vositasida amalga oshirilgan hujum oqibati deb ma’lum qilgan.

You can hear gun fires on this video in #Buqyaq. #Saudi. pic.twitter.com/PZzW95Weyp

— Ahmad Algohbary (@AhmadAlgohbary) September 14, 2019

Associated Press’ning qayd etishicha, Saudi Aramco dunyoda eng yirik neftni qayta ishla zavodlaridan biri hisoblovchi Abkaikdagi neftni qayta ishlash zavodi bir sutkada 7 million tonna barrelgacha xomashyoni qayta ishlashi mumkin. 2006-yilda zavodga “Al-Qoida” terrorchilik tashkilotining xudkushlari hujum qilgan bo‘lib, u muvaffaqiyatsiz yakunlangan.

Shuningdek, xusiylarning “Ansorulloh” guruhi ham Saudiya Arabistonining neft sanoati obyektlariga dronlar orqali bir necha marta hujum qilgan. Shunday hujumlardan biri avgust oyida sodir bo‘lgan bo‘lib, Sheybadagi neftni qayta ishlash zavodi nishonga olingan. Hujumda portlovchi moddalar o‘rnatilgan 10 ta drondan foydalanilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2019, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют