» » Hyundai haydovchisiz boshqariladigan avtomobillar ishlab chiqarishga 2 mlrd sarflaydi

Hyundai haydovchisiz boshqariladigan avtomobillar ishlab chiqarishga 2 mlrd sarflaydi


Hyundai Motor Irlandiyaning Aptiv kompaniyasi bilan haydovchisiz boshqariladigan transport tijorat platformasi yaratish yuzasidan shartnoma imzolanganini e’lon qildi. Ushbu tizimni sinovdan o‘tkazish kelasi yilga rejalashtirilmoqda, platformani yetkazib berish 2022-yildan boshlanishi mumkin. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.

Qo‘shma korxonaning umumiy budjeti 4 milliard AQSh dollarini tashkil etadi va tomonlar aksiyalar kapitalining 50 foizdan ulushiga ega bo‘ladi. Hyundai Motor, Kia Motors va Hyundai Mobis birgalikda 1,6 milliard va yana 400 million AQSh dollarini tadqiqotlar, ishlanmalar va intellektual mulk huquqi uchun investitsiya tariqasida kiritadi.

Aptiv o‘z ishlanmalari bilan bo‘lishadi, shuningdek qo‘shma korxonada ishlash uchun 700 nafar xodimini safarbar etadi. Kompaniyaning tayanch nuqtasi Bostonda bo‘ladi. Kelishuv yakuni 2020-yil ikkinchi choragiga mo‘ljallangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-09-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 43) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют