» » Pompeo dunyo mamlakatlarini Eronning harakatlarini keskin qoralashga chaqirdi

Pompeo dunyo mamlakatlarini Eronning harakatlarini keskin qoralashga chaqirdi


AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo barcha mamlakatlarni Eronni Saudiya Arabistoni neft konlariga uyushtirilgan hujum sabab jazolashga chaqirdi. Pompeo Twitter’dagi sahifasida AQSh nomidan Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiyaga “Eronning Saudiya Arabistoniga qilingan hujumda aybdorligi va bu urush hudud hamda butun dunyoga ta’sir ko‘rsatganini” ochiq aytgani uchun minnatdorchilik bildirdi. Bu haqda “Kommersant” xabar tarqatdi.

“Bu diplomatiyani mustahkamlaydi va dunyo ishini faollashtiradi. Biz barcha mamlakatlarni Eronning harakatlarini keskin qoralashga chorlaymiz”,— deb yozgan Pompeo.

Avval Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiya yetakchilari Saudiya neft obyektlariga hujumlar uchun ayb Eron zimmasida ekanligini bildirgan. Mamlakatlar Tehronni bahsli nizolar, yadro va raketa dasturlari masalalarini hal etishga chaqirgan.

Eslatib o‘tamiz, 14-sentabr kuni dronlar Saudi Aramco neftni qayta ishlash zavodiga hujum uyushtirgan edi. Hujum bo‘yicha mas’uliyatni yamanlik isyonchi xusiylar o‘z bo‘yniga olgan bo‘lsa-da, AQSh sodir bo‘lgan voqeada Eronni ayblagan edi. Saudiya Arabistoni mudofaa vaziri dron va raketalarning qoldiqlarini ko‘rsatib, hujumga Eronning aloqasi borligini isbotlagan edi.

AQSh prezidenti Donald Tramp 20-sentabr kuni Eronga nisbatan yangi sanksiyalarni e’lon qilib, Yaqin Sharqqa qo‘shimcha harbiylarni jo‘natishni ma’qulladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-09-2019, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют