» » Qozog‘istonda tug‘ilgan chaqaloqqa uning yaqinlari Zayniddin Zidan deya ism berdi

Qozog‘istonda tug‘ilgan chaqaloqqa uning yaqinlari Zayniddin Zidan deya ism berdi


Qozog‘istonning Atirau shahrida tug‘ilgan bolaga mashhur fransuz futbolchisi sharafiga Zayniddin Zidan deb ism qo‘yildi. Bu haqda Tengrinews nashriga tayanib, “Darakchi.uz” xabar berdi.

Chaqaloqning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi va beshik to‘yi aks etgan suratlar ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirildi.

Atirau fuqarolik holatlarini qayd etish bo‘limi mazkur faktni tasdiqladi.

“Haqiqatan ham fevral oyida shunday ismli bola dunyoga keldi. Zidan ism, Zayniddin esa familiyadir. Bu oddiy qozoqcha ism bo‘lgani tufayli biz unga katta e’tibor qaratmadik”, — deb ma’lumot berdi FHDYo bo‘limi xodimlaridan biri. Ammo mashhur futbolchining ismi Zayniddin, familiyasi esa Zidandir.

Bolaning yaqinlari fransuz futbolchisining ixlosmandi ekanliklari tufayli mazkur ismni tanlashganini ma’lum qildi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (30-03-2017, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют