» » Suriya bilan o‘yin arafasida Sardor Rashidov oilasida qiz farzand dunyoga keldi

Suriya bilan o‘yin arafasida Sardor Rashidov oilasida qiz farzand dunyoga keldi


O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Sardor Rashidovning oilasida qiz farzand dunyoga keldi. Unga Sabrina deb ism berildi.

Rashidov Qatarning “Al-Jaish” klubi sharafini himoya qiladi. “Daryo”ga yaqin manbalarning xabar berishicha, Sabrina Qatar poytaxti Dohada tug‘ilgan. Ayni vaqtda yosh ona, chaqaloq hamda ularga hamrohlik qilayotgan Sardorning onasi Qatarda bo‘lib turibdi.

Futbolchining o‘zi esa O‘zbekiston milliy terma jamoasi mashg‘ulotlariga qo‘shilish uchun Toshkentga yetib keldi. Bu haqda “Al-Jaish” klubining Twitter’dagi sahifasi ma’lumot berdi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 23-mart kuni safarda Suriyaga qarshi o‘yinda maydonga tushadi. JCh—2018 saralashidan o‘rin olgan mazkur uchrashuvga tayyorgarlik 14-mart kunidan start oladi. Rashidov esa terma jamoa safiga chaqirilgan.

Опубликовано: admin (12-03-2017, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют