» » Toshkent shahar IIBBga “Samarqand darvoza”ga bomba qo‘yilganligi haqida yolg‘on xabar kelib tushdi

Toshkent shahar IIBBga “Samarqand darvoza”ga bomba qo‘yilganligi haqida yolg‘on xabar kelib tushdi


Toshkent shahar IIBBdan ma’lum qilinishicha, 2017-yil 21-mart kuni o‘zini Murodova Oygul deb tanishtirgan shaxs 102 raqamiga yashirin raqamdan qo‘ng‘iroq qilib, “Samarqand darvoza” savdo majmuasida qora kiyimda bo‘lgan notanish shaxslar supermarketga bomba qo‘yish kerakligi haqida gaplashayotganini xabar bergan.

Ushbu xabarga ko‘ra Toshkent shahar IIBB tegishli tizimlari tomonidan tezkor tadbir amalga oshirilgan. Tezkor tadbir davomida mazkur xabar yolg‘on ekanligi aniqlangan.

Yolg‘on xabar bergan shaxsni aniqlash maqsadida olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida o‘zini Murodova Oygul deb tanishtirgan ayol aslida 1998-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan Isabekova A. ismli shaxs ekanligi aniqlanib, u qo‘lga olingan.

O‘tkazilgan tergov davomida Isabekova 102 raqamiga xabar berishdan avval Umid Yoqubov ismli fuqaroning Matiz avtomashinasiga yo‘lovchi sifatida o‘tirib, uning 118 ming so‘mlik uyali telefon apparatini o‘g‘irlagan. Shundan so‘ng, o‘g‘irlangan telefondan 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, yolg‘on xabar bergan.

Telefon o‘g‘irligi holati yuzasidan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi birinchi qismi bilan o‘g‘rilik jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, jinoiy ish qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yolg‘on xabar berganligi va uning oqibatida davlatga yetkazilgan zarar yuzasidan fuqaroga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan ayblov e’lon qilinadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (30-03-2017, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 99) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют