WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Toshkentdagi xonadon seyfidan 5 ming dollar o‘g‘irlagan 22 yoshli yigit ushlandi
Toshkentdagi xonadon seyfidan 5 ming dollar o‘g‘irlagan 22 yoshli yigit ushlandi
Toshkent shahrining Uchtepa tumanida noma’lum shaxs 1965-yilda tug‘ilgan ayolning uyiga deraza orqali kirib, yotoqxonasidagi temir seyfni buzgan, deya xabar bermoqda O‘zbekiston IIV Matbuot xizmati.
Bosqinchi seyfdan zargarlik buyumlari, 5 million so‘m va 5 000 dollarni o‘g‘irlab ketgan.
Tezkor tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni Toshkent shahar, Shayxontohur tumanida yashovchi 1995-yilda tug‘ilgan shaxs sodir etganligi aniqlanib, u qo‘lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Понравился ли Вам наш сайт?