» » Toshkentda qarovsiz qoldirilgan Nexia’dan 16 million so‘m o‘g‘irlab ketildi

Toshkentda qarovsiz qoldirilgan Nexia’dan 16 million so‘m o‘g‘irlab ketildi


Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi qarovsiz qoldirilgan Nexia’ning ichidan 16 million so‘m o‘g‘irlab ketildi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Qarovsiz qoldirilgan avtomobil Surxondaryo viloyati, Qiziriq tumanida yashovchi, 1990-yilda tug‘ilgan fuqaroning ishonch qog‘ozi orqali boshqaruvda bo‘lgan.

Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida jinoyatni Surxondaryo viloyati, Termiz tumanida yashovchi, ishlamaydigan, 1973-yilda tug‘ilgan shaxs sodir etganligi fosh etilib, qo‘lga olindi.

“Hozirda mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi IIV axborotida.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (28-02-2017, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 28) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют