» » Termizda Baxshichilikka ixtisoslashtirilgan respublika maktab-internati tashkil etildi. Ilk o‘quvchilar 2021-yilda qabul qilinadi

Termizda Baxshichilikka ixtisoslashtirilgan respublika maktab-internati tashkil etildi. Ilk o‘quvchilar 2021-yilda qabul qilinadi


O‘zbekiston hukumati tomonidan 23-sentabr kuni “Respublika baxshichilik san’ati markazi va uning huzuridagi Baxshichilik san’atini rivojlantirish jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi, deya xabar bermoqda “Huquqiy axborot”.

Qarorga muvofiq, 2019/2020-o‘quv yilidan boshlab Termizdagi 21-son baxshichilik maktabi negizida baxshichilik san’atiga ixtisoslashtirilgan respublika maktab-internati tashkil etildi. Maktab-internatga qabul 2021/2022-o‘quv yilidan boshlanadi.

Shuningdek, 2020/2021-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida baxshichilik va dostonchilik ta’limi yo‘nalishi tashkil etiladi.

Qaror bilan, Baxshichilik san’atini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida nizom ham tasdiqlangan.

Nizomga ko‘ra, jamg‘armaning asosiy vazifalaridan biri baxshichilik san’atini yanada rivojlantirishga ko‘maklashish, baxshi-shoir,oqinlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yil aprelida Termizda birinchi Xalqaro baxshichilik festivali bo‘lib o‘tgan edi. May oyida esa Prezident Surxondaryoda Baxshichilik san’ati markazini ochish to‘g‘risidagi qarorni imzolagan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2019, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют