» » Surxondaryoda Respublika Baxshichilik san’ati markazi ochiladi

Surxondaryoda Respublika Baxshichilik san’ati markazi ochiladi


Termizda davlat muassasasi shaklida Respublika Baxshichilik san’ati markazi hamda uning huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan Baxshichilik san’atini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi. Bu Prezidentning “Baxshichilik san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan.

Markazning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

baxshichilik san’atining ilmiy-nazariy va amaliy asoslarini chuqur o‘rganish va mustahkamlash;

sohada shakllangan ijodiy maktablarning o‘ziga xos ijro uslublari, “ustoz-shogird” an’analarini qayta tiklash va rivojlantirish;

baxshi-shoirlar, folklorshunos olimlar, o‘qituvchi va mutaxassislarning ijodiy va ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash;

madaniyat markazlari, bolalar musiqa va san’at maktablari va boshqa ta’lim muassasalari qoshida baxshichilik san’ati to‘garaklarini tashkil etish;

baxshi-shoirlar ijodiga keng yo‘l ochib berish, ommaviy bayramlar va madaniy tadbirlarda ularning faol ishtirokini ta’minlash;

baxshichilik san’atining sara namunalarini to‘plash va fondini yaratish, ularning audio va video variantlarini ko‘paytirish, bu sohani keng targ‘ib etish uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, televideniye va Internet imkoniyatlaridan samarali foydalanish;

baxshichilik san’ati yo‘nalishida xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, bu borada o‘zaro tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish, jumladan, turli xalqaro anjumanlar va tanlovlar, konsertlar va mahorat darslarini tashkil etish.

Madaniyat vazirligiga:

YuNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiya bilan birgalikda baxshichilik san’atini YuNESKO Insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirsin;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm viloyatlarida baxshichilik san’ati davlat ansambllari, ushbu san’at turi rivojlangan boshqa hududlarda esa viloyat ansambllarini tashkil etsin;

tegishli hududlarda bolalar musiqa va san’at maktablari qoshida baxshichilik san’ati sinflarini tashkil etish topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2019, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют