» » A Seriya. “Inter” “Latsio”ni mag‘lub etdi, “Napoli” va “Roma” esa o‘z uyida yutqazdi (video)

A Seriya. “Inter” “Latsio”ni mag‘lub etdi, “Napoli” va “Roma” esa o‘z uyida yutqazdi (video)


Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 5-turi doirasida 25-sentabr, chorshanba kuni 7 ta bellashuv yakunlandi.

Paulu Fonseka qo‘l ostidagi Rimning “Roma” klubi o‘z maydonida “Atalanta”ni qabul qildi.

Uchrashuv davomida mehmon jamoa vakillari Duvan Sapata (70) hamda Marten de Ron (90) bittadan golga mualliflik qildi.

Shu tariqa rimliklar “Atalanta”ga 0:2 hisobida yutqazib, ochko yo‘qotdi.

Ma’lumot uchun, “Roma” 8 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida 6-o‘rinda bormoqda. “Atalanta” esa 10 ochko bilan 3-o‘rinni egallab turibdi.

Turning markaziy o‘yinida Antoni Konte boshliq Milanning “Inter” jamoasi “Juzeppe Meatssa”da Simone Indzagi boshqaruvidagi Rimning “Latsio”si bilan bahsga kirishdi.

To‘qnashuvdagi yagona gol 23-daqiqada urildi. Unga Milan klubi himoyachisi Danilo D’Ambrozio mualliflik qildi (1:0).

Natijada Konte jamoasi navbatdagi g‘alabasini tantana qildi va muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

Qayd etish joiz, “Inter” 15 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalida yana peshqadamga aylanib oldi. “Latsio” esa 7 ochko to‘plagan holda 8-o‘rinni band qilib turibdi.

Karlo Anchelotti boshchiligidagi “Napoli” o‘z uyida “Kalyari” bilan bellashdi.

O‘yinning 87-daqiqasida “Kalyari” yarim himoyachisi Lukas Kastro neapolliklar darvozasiga gol urdi (1:0).

Ushbu hisob bahs yakuniga qadar o‘zgarmadi va “Napoli” o‘z maydonida “Kalyari”ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Ta’kidlash lozim, uchrashuvning 88-daqiqasida Kalidu Kulibali hakam tomonidan qizil kartochka bilan jazolandi.

Eslatib o‘tamiz, “Napoli” 9 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda. Undan keyingi o‘rinni egallagan “Kalyari” hisobida ham shuncha ochko mavjud.

A Seriya

5-tur bahslari

25-sentabr, chorshanba

Gollar: 0:1 — 70 Sapata, 0:2 — 90 de Ron

Gollar: 1:0 — 31 Petsselya, 2:0 — 57 Kyeza, 2:1 — 79 Bonatssoli

Gol: 1:0 — 23 D’Ambrozio

Gol: 0:1 — 87 Kastro

Gol: 1:0 — 90, avtogol Burabiya

Gollar: 0:1 — 11, penalti Mankozu, 1:1 — 17 Di Franchesko, 1:2 — 47 Kalderoni, 1:3 — 73, penalti Mankozu

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-09-2019, 03:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют