» » A Seriya. “Inter” o‘z uyida yutqazib qo‘ydi, “Roma” esa “Milan”ni yuta olmadi (video)

A Seriya. “Inter” o‘z uyida yutqazib qo‘ydi, “Roma” esa “Milan”ni yuta olmadi (video)


3-fevral, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 22-tur bahslari doirasida navbatdagi 5 ta o‘yin bo‘lib o‘tdi.

Luchano Spaletti qo‘l ostidagi Milanning “Inter” klubi o‘z maydonida “Bolonya”ni qabul qildi.

Uchrashuvdagi yagona gol 33-daqiqada mehmon jamoa hujumchisi Federiko Santander tomonidan kiritildi.

Shu tariqa “Inter” o‘z maydonida “Bolonya” klubiga kichik hisobda mag‘lub bo‘lib, 3 ochkoni qo‘ldan boy berdi.

Turning markaziy o‘yinida Eusebio Di Franchesko boshliq “Roma” klubi Jennaro Gattuzo boshqaruvidagi “Milan” jamoasi bilan kurash olib bordi.

1-bo‘limning 26-daqiqasida “Jenoa”dan “Milan” tarkibiga yaqinda kelib qo‘shilgan Kshishtof Pyontek hisobni ochdi (1:0).

2-bo‘limning dastlabki daqiqalarida (46) “Roma” yarim himoyachisi Nikolo Zaniolo Janluiji Donnarumma qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol qilib, hisobni tenglashtirdi (1:1).

Murosasiz kechgan bahs durang bilan yakunlandi va tomonlar bir ochkodan bo‘lishib oldi.

Eslatib o‘tamiz, “Milan” 36 ochko to‘plagan holda 4, “Roma” esa 5-o‘rinda bormoqda (35).

A Seriya

22-tur bahslari

3-fevral, yakshanba

Gollar: 0:1 — 28 Dyurichich, 1:1 — 41 Sanabria.

Gollar: 1:0 — 56 Larsen, 1:1 — 65 Fernandes.

Gol: 0:1 — 33 Santander.

Gollar: 0:1 — 26 Pyontek, 1:1 — 46 Zaniolo.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-02-2019, 07:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 77) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют