» » A Seriya. “Roma”, “Inter”, “Napoli” va “Milan”da ham g‘alaba, faqat “Latsio” yuta olmadi

A Seriya. “Roma”, “Inter”, “Napoli” va “Milan”da ham g‘alaba, faqat “Latsio” yuta olmadi


29-dekabr, shanba kuni futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 19-tur bahslari bo‘lib o‘tdi.

Rimning “Roma” klubi “Parma” maydoniga safar qildi va raqib darvozasiga javobsiz 2 ta to‘p kiritdi. Barcha gollar o‘yinning 2-bo‘limida urildi. 58-daqiqada Brayan Kristante hisobni ochgan bo‘lsa, 75-daqiqaga kelib, Jengiz Under 2-golga mualliflik qildi.

Milanning “Inter” klubi mehmonda “Empoli”ga qarshi maydonga tushdi. Balde Keytaning 72-daqiqada kiritgan yagona goli evaziga milanliklar g‘alabani ilib ketdi.

Ushbu turda Karlo Anchelotti boshqaruvidagi “Napoli” jamoasi “Bolonya” qabul qildi. Uchrashuvning 16-daqiqasida mezbon jamoa hujumchisi Arkadiush Milik “Bolonya” darvozasini ishg‘ol etdi. 37-daqiqada esa mehmonlar a’zosi Federiko Santander hisobni tenglashtirdi. 2-bo‘limning 51-daqiqasida Arkadiush Milik dublga erishdi. O‘yinning 80-daqiqasiga kelib, Larangeyra Danilo hisobni yana tenglashtirdi. Uchrashuv yakunlanishi arafasida (88-daqiqa) Dris Mertens “Boloniya” darvozasiga g‘alaba golini urdi. Hisob 3:2 ko‘rinishida “Napoli” foydasiga yakunlandi.

Italiya A Seriyasining 19-tur bahslaridagi so‘nggi o‘yin “Milan” va SPAL o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuvda milanliklar 2:1 hisobida g‘alabaga erishib, 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. SPAL futbolchisi Andrea Petanya 13-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 3 daqiqa o‘tib Samu Kastilyeho hisobni tenglashtirdi (1:1).

2-bo‘limning 64-daqiqasida “rossonerilar” hujumchisi Gonsalo Iguain Alfred Gomis qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol etib, uchrashuvga yakuniy nuqtani qo‘ydi.

A Seriya

19-tur bahslari

29-dekabr, shanba

Gollar: 1:0 – 2 Ronaldu, 1:1 – 33 Kualyarella (penalti), 2:1 – 65 Ronaldu (penalti).

Gol: 1:0 – 76 Jakkerini.

Gollar: 1:0 – 39 Pussetto, 2:0 – 57 Bexrami.

Gollar: 0:1 – 19 Sapata, 0:2 – 42 Gomes, 1:2 – 51 Dankan, 1:3 – 54 Manchini, 2:3 – 57 Dankan, 2:4 – 74 Ilichich, 2:5 – 87 Ilichich, 2:6 – 90 Ilichich.

Gollar: 0:1 – 45, penalti Belotti, 1:1 – 62 Milinkovich-Savich.

Gollar: 0:1 – 58 Kristante, 0:2 – 75 Under.

Gol: 0:1 – 72 Balde.

Gollar: 1:0 – 16 Milik, 1:1 – 37 Santander, 2:1 – 51 Milik, 2:2 – 80 Danilo, 3:2 – 88 Mertens.

Gollar: 0:1 – 13 Petanya, 1:1 – 16 Kastilyexo, 2:1 – 64 Iguain.

Italiya A Seriyasining 19-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-12-2018, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют